Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Otabek Aliyev ishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Otabek Aliyev ishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Baho:
+ | -

Avvalroq o‘zbekistonlik MMA jangchisi Otabek Aliyev Shaxrixon tumanida pichoqbozlik qurboniga aylangani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy sayti ushbu voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 18 sentyabr kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanida “Qorako‘rpa” MFYda yashovchi A.A. tanishi Otabek Aliyev boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan vaqtida “Vaxim” MFY hududiga yetib kelganda A.A. o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal sabab Otabek Aliyevga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada O.A. shifoxonaga yotqizilib, A.A. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuni ham aytib o‘tish joizki, IIV Otabek Aliyevning so‘nggi holati haqida ochiq ma’lumot bermagan. Ammo ishonchli manbalarning Stadion.uz internet nashriga xabar berishicha, sportchi shifoxonada vafot etgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:54, 23.09.2018.
O'qildi: 6345 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик