Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Shahram G‘iyosov «Uembli»dagi g‘alabasini O‘zbekiston xalqiga bag‘ishladi (video)

Shahram G‘iyosov «Uembli»dagi g‘alabasini O‘zbekiston xalqiga bag‘ishladi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov kecha o‘zining navbatdagi reyting jangini o‘tkazdi.

Londondagi «Uembli» stadionida hamyurtimiz nikaragualik Xulio Lagunaga qarshi ringga ko‘tarildi. Raqib bokschisi professional ringda 14ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

G‘iyosovning kuchli zarbalari Xulioni asta-sekin izdan chiqara boshladi. Nihoyat, to‘rtinchi raundga kelib o‘zbek bokschisi zarbalar seriyasidan iborat kombinasiyani amalga oshirdi hamda raqibini ringga qulatdi.

Hakam muddatidan avval jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, bugungi jang 8 raundga mo‘ljallangandi. Laguna dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilgan bo‘lsa, G‘iyosovning g‘alabalari 5taga yetdi: 5ta jang, 5ta g‘alaba, 4ta nokaut.

Shundan so‘ng, Shahram ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida video chiqish qilib, “Uembli”dagi g‘alabasini O‘zbekiston xalqiga bag‘ishladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:14, 23.09.2018.
O'qildi: 4250 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.