Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze 2-2 Torino
29/12 19:00 Napoli 1-0 Venetsiya
29/12 19:30 Lester 0-2 Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem 2-2 Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas 2-1 Sautgempton
29/12 20:00 Everton 0-2 Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem 2-2 Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

«Ro‘zimboy Ahmedov aytganlari uchun javob berishi kerak» – Diyor Imomxo‘jayev

«Ro‘zimboy Ahmedov aytganlari uchun javob berishi kerak» – Diyor Imomxo‘jayev

Baho:
+ | -

Bugungi kunda “Navbahor” bosh murabbiyi haqida futbolchi Ro‘zimboy Ahmedov aytgan gaplar eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘layotgan mavzuga aylandi. PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayev ushbu masalaga to‘htalib o‘tdi.

“Men “Navbahor” bosh murabbiyiga ham, futbolchiga ham ishonmayman. O‘rtada pullik masala turganidan keyin bunday mojarolarning chiqishi oddiy bir hol. Ammo futbolchi qilgan ishni oqlamayman.

Birinchidan, murabbiy sha’niga tegadigan gaplari ko‘p. Shuning o‘ziga uni sudga berish mumkin.

Ikkinchidan, agar futbolchining “Navbahor”dan ketishida biror qoidabuzarlik (yoki qonun) bo‘lsa, unda mazkur ish yuzasidan Professional futbol ligasiga murojaat qilish huquqi bor. Shu yilning o‘zida bu kabi o‘ttizga yaqin futbolchining masalasi ijobiy tomonga hal qilib berildi.

Uchinchidan, murabbiy o‘z funksiyalarini bajarishi va aqli yetmaganiga aralashmasligi kerak. Murabbiy natija uchun, mashg‘ulotlar uchun, klubning maydondagi falsafasi uchun javobgar bo‘lgan shaxs. Klublar bosh direktorlari (menejer) esa shartnomalar, hisob-kitob kabi ishlarni joyiga qo‘yishi kerak. O‘zbekiston futbolini orqaga tortadigan eng ahmoqona ishlardan biri aynan murabbiylarning o‘z vazifasidan ortiq masalalarga da’vogarlik qilishidir.

Professional futbol ligasi bunday ishlarni nazorat qilish yuzasidan allaqachon ish boshlagan. 2018 yil so‘ngiga qadar barcha futbol klublariga FIFA qoidalari asosida tayyorlangan shartnoma nusxasi taqdim etiladi. Mazkur shartnomalarga klub va futbolchi o‘z shartlarini, qo‘shimchalarini kiritishi mumkin. Biroq u yoki bu tomonning shartnomani bekor qilishi, qarzdorliklar va boshqa qator masalalar bunda konkretlashtiriladiki, futbolchilarda ig‘vo, fisq-u fasod uchun hojat qolmaydi.

Endilikda O‘FA Xavfsizlik boshqarmasi Ro‘zimboy Ahmedov bilan albatta ko‘rishadi (futbolchi aytganlari uchun javob berishi kerak). Uning fikrlarida qanchalik jon borligi, Mo‘minjonovning aslida qanday faoliyat olib borayotgani yuzasidan tekshiruv bo‘ladi (o‘zini hurmat qilgan klub sifatida buni Navbahorning o‘zi amalga oshirishi kerak aslida).

Avval ham aytganman, yana takrorlayman. Oilasini harom pullar bilan boqayotgan va o‘yinlarni sotish orqali totalizatordan pul ishlayotganlar oramizda ko‘p. Ularning aynan kimligini esa fakti bilan bilmaymiz. Ularning qo‘lga tushishi va asl yuzi fosh bo‘lishini oddiy bir muxlis sifatida juda istagan bo‘lardim”, deyiladi Imomxo‘jayevning tellegramdagi kanalida.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:01, 25.09.2018.
O'qildi: 8407 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.