Italiyalik mutaxassis Roberto Donadoni Yaponiya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, u hozirda Yaponiya futbol federasiyasi bilan muzokara olib bormoqda.
Donadoni uchun bu milliy terma jamoadagi ikkinchi tajriba. U avval Yevro-2008da Italiya terma jamoasi bilan ishlagan.
Donadoni Yaponiya terma jamoasini boshqargan ikkinchi mutaxassis bo‘lishi mumkin. Avval Alberto Dzakkeroni yaponlar bilan Osiyo kubogi-2011 da g‘olib bo‘lgan.