Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

«Roma» Rim derbisida «Lasio»dan ustun keldi

«Roma» Rim derbisida «Lasio»dan ustun keldi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan “Roma” – “Lasio” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Olimpiko”o‘yingohida bo‘lib o‘tgan Rim derbisida “bo‘rilar” g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

O‘yin mehmonlarning faolligida boshlandi, biroq “Lasio” futbolchilari imkoniyatlardan foydalana olmadilar. Birinchi bo‘lim yakuniga yetish arafasida Lorenso Pellegrini “Roma”ni oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvning 67-daqiqasida Chiro Immobile muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi, biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay Aleksandr Kolarov mezbonlarning ikkinchi golini urdi.

O‘yinning 85-daqiqasida “Roma” futbolchilari standart vaziyatdan unumli foydalanishdi: Federiko Fasio Pellegrini tomonidan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi va o‘yinga mantiqiy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa, “Roma” ochkolarini 11 taga yetkazib olgan holda turnir jadvalining beshinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. “Lasio” esa 12 ochko bilan 4-o‘rinda qolmoqda.

A Seriya, 7-tur

Roma – Lasio 3:1 (1:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 45 Pellegrini, 1:1 – 67 Immobile, 2:1 – 71 Kolarov, 3:1 – 86 Fasio.

Roma – Olsen, Santon, Manolas, Fasio, Florensi (Jezus, 83), Nzonzi, de Rossi (Kristante, 74), El-SHaaravi, Pastore (Pellegrini, 37), Kolarov, Jeko.

Lasio – Strakosha, Acherbi, Luis Felipe, Marushich, Kaseres, Milinkovich-Savich, Lulich (Kaysedo, 82), Luis Alberto (Korrea, 53), Parolo (Badel, 54), Leyva, Immobile.

Ogohlantirishlar: Olsen (55), Jeko (62), Pellegrini (66), Badel (70).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:13, 29.09.2018.
O'qildi: 2054 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.