Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

La Liga. «Barselona» yana ochko yo‘qotdi

La Liga. «Barselona» yana ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionati 7-turidan o‘rin olgan “Barselona” “Atletik” uchrashuvi nihoyasiga yetdi. “Kamp Nou”da kechgan uchrashuvda jamoalar durrang o‘ynadi.

O‘yinning 41–daqiqasida De Markos chap qanotdan uzatib berilgan to‘pga to‘xtatmasdan zarba berib ter Stegen darvozasini ishg‘ol qildi. Shundan so‘ng tashabbus butkul mezbonlar tomoniga o‘tdi, biroq tanaffusgacha hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklar bir qator o‘zgarishlar qilishdi va bu jamoa hujumlarini yanada keskinlashtirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Lionel Messi o‘ng qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni markazga uzatdi, u yerda Munir yaqin masofadan darvozani nishonga oldi.

Shu tariqa, «Barselona» Primeradagi g‘alabasiz seriyasini uchta o‘yinga yetkazdi. «Real»dan ham ochko tortib olgan basklar bu safar ham grand klubni qiyin ahvolga solib qo‘yishdi.

La Liga, 7-tur

Barselona – Atletik 1:1 (0:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 41 De Markos, 1:1 – 84 Munir.

Barselona – ter Shtegen, Langle, Pike, Alba, Serdji Roberto (Buskets, 51), Koutinyo, Rakitich, Dembele (Munir, 80), Vidal (Messi, 55), Nelson Semedu, Suares.

Atletik – Mendibil, Martines (Nolaskoayn, 23), Yeray Alvares, Balensiaga, Berchiche, Benyat (San Xose, 67), Dani Garsiya, Susayeta, Raul Garsiya, De Markos, Inyaki Uilyams (Aduris, 79).

Ogohlantirishlar: Yeray Alvares (48), Rakitich (78), Buskets (89), Dani Garsiya (90), Nolaskoayn (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:09, 29.09.2018.
O'qildi: 5135 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.