Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Samyuel EtoʼO: “Bunyodkorning taklifi boshimni aylantirib qo‘ygandi”

Samyuel EtoʼO: “Bunyodkorning taklifi boshimni aylantirib qo‘ygandi”

Baho:
+ | -

Eurosport nashri Kamerun terma jamoasi va Barselona klubi sobiq futbolchisiSamyuel EtoʼO haqida maqola chop etdi va unda futbolchining o‘z vaqtidaToshkentning Bunyodkor klubida o‘ynashi mumkin bo‘lganiga ham to‘xtaldi.

“Men master-klass o‘tash uchun Toshkentga borgandim. Ular jamoada 2-3 oy o‘ynab berishim uchun 25 mln dollar taklif qilishdi. Bu taklifdan boshim aylanib qolgandi.

Barselonadagilar o‘zimdan so‘ramasdan turib, mana shunday gap-so‘zlarni tarqatishganidan xafa bo‘lgandim. Ular meni O‘zbekiston klubiga sotib yuborishmoqchi edi. Men esa qolishimni va bu ishlari uchun uzr so‘rashlarini talab qildim”, deya gapirib o‘tgan EtoʼO TF1 telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Samyuel EtoʼO faoliyati davomida Barselonadan tashqari, Real Madrid, Malyorka, Inter, Chelsi, Anji kabi bir qator jamoalar safida to‘p surgan. Barselona bilan 3 marta (2005, 2006, 2009) Ispaniya chempioni, 2 karraYevropa chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Inter bilan bir marta Italiya chempioni (2010) va bir marta (2010) YECHL g‘olibi bo‘lgan. Terma jamoa tarkibida 2000 yilda Olimpiada chempioni, 2000 va 2002 yillarda Afrika millatlar kubogi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Manba: aniq.uz
Kiritildi: 12:03, 30.09.2018.
O'qildi: 14160 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.