Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Sardor Rashidov: «Jarohatim yanada jiddiyroq deb o‘ylagandim»

Sardor Rashidov: «Jarohatim yanada jiddiyroq deb o‘ylagandim»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Sardor Rashidov Superligasining 25-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Buxoro"ga qarshi o‘yin uchun tayyogarlik yaxshi bo‘lmoqda. Bu bahs biz uchun juda ham muhim. G‘alaba bizni chempionlikka yanada yaqinlashtiradi. Futbolchilar o‘yinga tayyor holatda. Bo‘lajak o‘yinda bor kuchimiz bilan maydonga tushamiz.

"Paxtakor"ga qarshi o‘yinda olgan jarohatim hozirda ancha yaxshi bo‘lib qolgan. Jamoaning navbatdagi o‘yinlariga tayyor bo‘laman. Qolaversa oldinda milliy termaning o‘yinlari kutib turibdi. Shuningdek, "Lokomotiv" Superliga doirasida "Navbahor" va "Paxtakor" jamoalariga qarshi kuchli o‘yinlar kutib turibdi. Ushbu bahslarga tayyor bo‘lib, jamoaga yordam berishga harakat qilaman.

Jarohat jiddiy bo‘lgandi. Ko‘proq muddatga safdan chiqqan bo‘lsam kerak deb o‘ylagandim. Shifokorlar bilan ancha harakat qilib, buni tezroq davolashga harakat qildik. Hozirda yaxshi holatdaman. Shuning uchun ham jamoaga qo‘shilib yugurishni, keyingi o‘yinlarga tayyorlanishni boshladim.

13 oktyabr kuni KXDR termasiga qarshi bahs olib boramiz. Bu terma juda ham yaxshi saviyada. Shaxsan o‘zim KXDR termasiga qarshi ikki-uch marta o‘yin o‘tkazganman. Qo‘ldan kelgancha harakat qilib, g‘alaba qozonishga va muxlislarning, yangi bosh murabbiyimiz Ektor Kuperning yuzini yorug‘ qilishga harakat qilamiz.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 15:09, 30.09.2018.
O'qildi: 3812 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик