Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Olis Indoneziyaga yana bir safar! Bu safar navbat o‘zbekistonlik paralimpiyachilarda

Olis Indoneziyaga yana bir safar! Bu safar navbat o‘zbekistonlik paralimpiyachilarda

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 6-13 oktyabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ham ishtirok etadilar.

Bugun Paralimpiyachilarimiz Jakartaga tantanali ravishda kuzatildi. Avvaliga O‘zbekiston Milliy paralimpiya assosiasiyasida sportchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

So‘ngra Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Paraosiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi sportchilarimizni tantanali kuzatish marosimi o‘tkazildi.

Marosimida Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy Paralimpiya assosiasiyasi vakillari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, III Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marotaba 54 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz sportning beshta turi: pauerlifting, dzyudo, o‘q otish, suzish va yengil atletika bo‘yicha bahslarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu musobaqada paralimpiyachilarimizga muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytib kelishlarini tilab qoladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:30, 30.09.2018.
O'qildi: 2940 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик