Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

MTJ vakillari mashg‘ulot maydoni va mehmonxonalar bilan tanishdilar

MTJ vakillari mashg‘ulot maydoni va mehmonxonalar bilan tanishdilar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2018 yilning 27 sentyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga bag‘ishlangan seminar o‘z ishini boshlagani hamda ushbu seminarda Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi barcha terma jamoalarning vakillari ishtirok etishayotgani haqida xabar bergan edik.

BAAdagi seminarning 3 kunida Al-Ayn hamda Sharja shahridagi O‘zbekiston terma jamoasi o‘ynaydigan stadion hamda yashaydigan mehmonxonalar bilan tanishgan MTJ vakillari safarning so‘nggi kunida Dubay shahrida joylashgan “Rashid stedium” o‘yingohiga borgan O‘FA vakillari stadionning bugungi kundagi holati, kiyim almashtirish xonasi, o‘yin uchun zarur bo‘lgan jihozlar, massaj xonasi va muzli basseyn bilan bog‘liq tashkiliy ishlar yuzasidan OFK koordinatori bilan tegishli kelishuvlarni o‘tkazdi.

Terma jamoa uchun ajratilgan mashg‘ulot maydoni hamda O‘zbekiston joylashadigan mehmonxona bilan tanishdi. Mehmonxonada yaratilishi zarur bo‘lgan shart-sharoitlar bo‘yicha OFK vakiliga takliflar bildirildi.

Shu bilan MTJ vakillarining 2019 yilda Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadigan BAAga safarlari nihoyasiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi 2019 yil 5 yanvar kuni boshlanadi. O‘zbekiston esa dastlabki o‘yinini 9 yanvar kuni Sharja shahrida Ummonga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Turkmanistonga qarshi o‘yin 13 yanvar kuni Dubay shahrida, Yaponiyaga qarshi bahs esa 17 yanvar kuni Al-Ayn shahrida o‘tkaziladi. 

 Osiyo kubogi – 2019

 Guruh bahslari. F guruhi.

 2019 yil 9 yanvar

Yaponiya – Turkmaniston, Abu-Dabi, soat 16:00

O‘zbekiston  – Ummon, Sharja, soat 18:302019 yil 13 yanvar

Ummon – Yaponiya, Abu-Dabi, soat 18:30

Turkmaniston  – O‘zbekiston, Dubay, soat 21:00

 2019 yil 17 yanvar

Ummon – Turkmaniston, Abu-Dabi, soat 18:30

Yaponiya  – O‘zbekiston, Al-Ayn, soat 18:30

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 22:22, 30.09.2018.
O'qildi: 3037 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.