Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

O‘zbekistonlik bolalar «Real Madrid» akademiyasida mashg‘ulot boshladi

O‘zbekistonlik bolalar «Real Madrid» akademiyasida mashg‘ulot boshladi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik 22 nafar yosh iqtidor Madrid shahriga yetib bordi hamda “Real” futbol akademiyasida mashg‘ulotlarga kirishdi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning yil boshida Ispaniyaga qilgan tashrifidan keyin “Real” futbol akademiyasi bilan hamkorlik aloqasi yo‘lga qo‘yilgandi. Buning mantiqiy davomi sifatida shu yilning iyun oyida akademiyaning uch mutaxassisi Toshkentga kelib, ikki hafta davomida o‘zbekistonlik 300 nafar futbolchi bo‘lish orzusidagi bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. 

Bunda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi har bir viloyatga teng kvota ajratgan bo‘lib, 300 nafar iqtidor egalari bir qator sport shartlar asosida saralab olingan. “Real” akademiyasi bilan tanishish istagida bo‘lgan bolakaylar orasida sog‘lom raqobat bo‘lishi hamda tanish-bilishchilikning oldi olinishi muhim faktor hisoblanardi. 

Toshkentda bo‘lgan uch mutaxassis 300 nafar tarbiyalanuvchi orasidan 22 nafarini o‘zi tanlab oldi va bu ishga O‘FA mutaxassislari aralashtirilmadi. Sentyabr oyi so‘ngida esa O‘FA o‘z hisobidan mazkur iqtidor egalarini Madridga jo‘natdi. 

2004—2008 yillar oralig‘ida tavallud topgan futbolchilarimiz avvaliga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan ekipirovkalar qabul qilib olgandi. Madrid shahrida ular “Real” akademiyasiga tegishli formalar bilan siylandi. Endilikda mazkur futbolchilar “Real” futbol klubi tarixi, yutuqlari bilan yaqindan tanishish, uning jahonga mashhur akademiyasi faoliyatini o‘rganishi, ispaniyalik boshqa mutaxassislar qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. 

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakat futbolidagi yosh iqtidorlarni har yili shunga o‘xshash loyihalar bilan qamrab olishni rejalashtirgan. Ular nafaqat futbolga bo‘lgan mehr va vatanparvarlik ruhida tarbiya topishi, balki o‘z orzulari yo‘lida parvoz qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari kerak. Ularga keyinchalik katta futbolga kirib borish nasib etadimi yoki yo‘q — muhim emas. Muhimi, respublikamiz bolalarida bu kabi loyihalar orqali chegaralarning yuvilishi, ular o‘zlarini jahonning mashhur klublariga juda yaqin his qilishi hamda futbol ularning hayotida yorqin xotiralarga sabab bo‘lishidir.  

Madriddagi mashg‘ulotlar va tadbirlar yuzasidan matbuot xizmati doimiy xabardor qilib boradi. Kelajakda o‘zbekistonlik futbolchilarning Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlarida ham to‘p surish darajasiga chiqishi uchun bu dastlabki qadamchalar deb umid bildirib qolamiz.





Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:07, 01.10.2018.
O'qildi: 5596 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.