Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

«Yuventus»ning g‘alabasi, «Inter»ning qaytishi yohud Italiyada tur voqealari

«Yuventus»ning g‘alabasi, «Inter»ning qaytishi yohud Italiyada tur voqealari

Baho:
+ | -

Italiyada 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur turda muxlislar qiziqarli bahslar guvohiga aylanishdi.

TURNING MARKAZIY UCHRASHUVIDA TURINLIKLAR G‘ALABA QOZONDI

Musobaqa peshqadami “Yuventus” o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qildi. Krishtianu yetakchiligidagi “Yuve” Anchelotti jamoasini mag‘lub etdi.

Uchrashuv kutilganidek hujumkor ruhda boshlandi. O‘yinning 10-daqiqasida neapolliklar hujumchisi Mertens hisobni ochishga erishdi. O‘tkazib yuborilgan goldan keyin turinliklar o‘ziga kela boshladi. Manjukich o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Bonuchchi o‘yinga yakuniy nuqta qo‘ydi. O‘sha kuni Ronalduning personal muxlislari undan gol kutgan bo‘lishi tabiiy. Ammo shuni ham unutmaslik kerak u ikkita golga assistentlik qildi va Manjukichning ikkinchi goli urilishida ham uning hissasi katta bo‘ldi. Mazkur g‘alabadan so‘ng turinliklar yaqqol peshqadamga aylanib oldi.

Yuventus – Napoli 3:1 (1:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 10 Mertens, 1:1 – 26 Manjukich, 2:1 – 49 Manjukich, 3:1 – 76 Bonuchchi.

"ROMA" O‘ZIGA O‘XSHAY BOSHLADI

Bu turda Di Franchesko shogirdlari Rim derbisida “Lasio”ni mag‘lub etdi. Mavsum startini yomon boshlagan “Roma” sekin asta o‘z mavqe’iga qaytyapti. Jamoa qatorasiga ikkita o‘yinda g‘alaba qozonib 8-o‘ringa chiqib oldi.

Roma – Lasio 3:1 (1:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 45 Pellegrini, 1:1 – 67 Immobile, 2:1 – 71 Kolarov, 3:1 – 86 Fasio.

"INTER" YECHL UCHUN KURASHGA QAYTDI

Luchano Spaletti jamoasi bu tur o‘z maydonida Kalyaridan ustun keldi.  Mazkur g‘alabadan so‘ng “nerazzurilar” 13 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi va Spaletti jamoasi YECHL uchun kurashga qo‘shildi.

Inter – Kalyari 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 12 Martines, 2:0 – 89 Politano.

"YANGI LEVANDOVSKI" TINMAYAPTI

Bu turda “Jenoa” safarda “Frozinone”dan ustun keldi. Mehmonlar safidagi ikkala golni ham polshalik Kshishtof Pyontek kiritdi. Polshalik bu yigit 7 ta turda 8 ta gol kiritib to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. “Jenoa” esa mazkur g‘alabadan keyin turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Frozinone – Jenoa 1:2 (1:2, 0:0)

Gollar:0:1 – 33 Pyontek, 0:2 – 36 Pyontek, 1:2 – 41, penalti Chiano. 

GATTUZO JAMOASI G‘ALABA QOZONISHNI HAM BILADI

“Milan” bu tur safarda bu mavsum ajoyib o‘yin ko‘satayotgan “Sassuolo”ni yirik 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur bahsda “rossonerilar” jamoaning yangi yulduzi Iguain xizmatidan foydalana olmadi. Ammo Suso uning yo‘qligini bilintirmadi. U bu uchrashuvda dubl qayd etdi. Shuningdek jamoaga yangi kelib qo‘shilgan Kastilyexo ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Sassuolo – Milan 1:4 (0:1, 1:3)

Gollar: 0:1 – 39 Kessie, 0:2 – 50 Suso, 0:3 – 60 Kastilyexo, 1:3 – 68 Jurichich, 1:4 – 90 Suso.

TURNING BARCHA NATIJALARI:

Bolonya – Udineze 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 32 Pussetto, 1:1 – 42 Santander, 2:1 – 82 Orsolini.

Sassuolo – Milan 1:4 (0:1, 1:3)

Gollar: 0:1 – 39 Kessie, 0:2 – 50 Suso, 0:3 – 60 Kastilyexo, 1:3 – 68 Jurichich, 1:4 – 90 Suso.

Frozinone – Jenoa 1:2 (1:2, 0:0)

Gollar: 0:1 – 33 Pyontek, 0:2 – 36 Pyontek, 1:2 – 41, penalti Chiano. 

Inter – Kalyari 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 12 Martines, 2:0 – 89 Politano.

Roma – Lasio 3:1 (1:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 45 Pellegrini, 1:1 – 67 Immobile, 2:1 – 71 Kolarov, 3:1 – 86 Fasio.

Yuventus – Napoli 3:1 (1:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 10 Mertens, 1:1 – 26 Manjukich, 2:1 – 49 Manjukich, 3:1 – 76 Bonuchchi.

Fiorentina – Atalanta 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 62, penalti Veretu, 2:0 – 90 Biragi.

Kyevo – Torino 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 88 Zaza.

Parma – Empoli 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 33 Jervinyo.

1- oktyabr.

Sampdoriya – SPAL

TUR REKORDI: “Yuventus” 88-yillik rekordini takrorladi

“Yuventus”“Napoli”ni ustidan g‘alaba qozondi. Shu tariqa, "keksa sinyora" mavsumni ketma-ket 8 ta g‘alaba bilan boshladi. Turinliklar A seriya doirasida 7 ta, Yevropa chempionlar ligasida esa “Valensiya” ustidan zafar quchdi (2:0).

Bu orqali “Yuventus” 1930/31 yilgi mavsumda qayd etilgan natijani takrorladi. Bundan tashqari, klub o‘z tarixida beshinchi marta chempionatni ketma-ket 7 ta g‘alaba bilan boshlamoqda. Jamoa 2005/06 yilgi mavsum boshida Italiya chempionatida 9 ta o‘yindan iborat g‘alabalar seriyasini amalga oshirgan. Bu rekord natija hisoblanadi.

TUR QAHRAMONLARI: Mario Manjukich va Kshishtof Pyontek

Mario Manjukich – “Napoli”ga qarshi kechgan uchrashuvda dublni rasmiylashtirib jamoasiga muhim 3 ochkoni olib keldi.

Kshishtof Pyontek – polshalik futbolchi “Frozinone”ga qarshi uchrashuvda 2 ta gol urib, to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Shuningdek, Pyontek 6 ta o‘yinida 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 1949/50 mavsumida “Atalanta” hujumchisi Karl Oge Hansen tomonidan o‘rnatilgan ko‘rsatkichni takrorladi.

TUR IQTIBOSI: “Ronalduni Italiyada o‘ynayotganini ko‘rish yoqimli” – Karlo Anchelotti

Italiyaning “Napoli” klubi bosh murabbiyi  Karlo Anchelotti “Yuventus”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng raqib yetakchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi

“Men jamoasidan mamnun Ronalduni ko‘rdim. U tinmayapti raqib uchun juda havflidir. U tez-tez hujumlar uyushtirdi va avval aytganimdek u Italiya futbolini yanada yuksaltiradi. Uni Italiyada o‘ynayotganini ko‘rish yoqimli”.

TURNIR JADVALI:

Jaloliddin Qobiljonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:10, 01.10.2018.
O'qildi: 5265 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.