Ispaniyaning “Atletik” klubi yosh yarim himoyachisi Peru Nolaskoayn bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Futbolchi 2024-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Futbolchining tovon puli 60 million yevro qilib belgilandi.