Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bosh vazir o‘rinbosari sportchilarga omad tiladi

Bosh vazir o‘rinbosari sportchilarga omad tiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilarimizni rasmiy kuzatish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Axmatdjanov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevlar ishtirok etishdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov tadbirda so‘zga chiqib, musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilarga omad tiladi.

“Yaqinda Jakartada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilarimizni katta tantanalar bilan kutib olgandik. Endi esa navbat sizga keldi.

O‘smirlar Olimpiya o‘yinlari sportchi va murabbiylar uchun o‘z imkoniyatini namoyish etib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Avvalgi Olimpiya o‘yinlarida o‘smirlarimiz 10 ta medal qo‘lga kiritgandi. Sizlar ushbu natijani yaxshilashning uddasidan chiqa olasizlar.

Yaqinlashib kelayotgan musobaqada sportchilarimizga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Umid qilamizki, sizlarni medallar shodasi va yangi rekordlar bilan kutib olamiz”, – dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:35, 02.10.2018.
O'qildi: 1881 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.