Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

O‘zbekistonning har bir viloyatida futbol bo‘lishi kerak – Umid Ahmadjonov Superliga formati haqida gapirdi

O‘zbekistonning har bir viloyatida futbol bo‘lishi kerak – Umid Ahmadjonov Superliga formati haqida gapirdi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Superliga formati o‘zgarishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda Ahmadjonov “Futbol Ekspress” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Superliga formati 2019 yilda ham shunday qoladi deb ayta olmayman. Albatta, Boshqa variantlarni ko‘rib chiqamiz. Superligada ayni vaqtda 12 jamoa ishtirok etyapti.

Lekin futbol millionlar o‘yini ekanligini unutmaslik kerak. O‘zbekistonda futbolni juda sevishadi. Shuning uchun, har bir viloyat va shaharda futbol bo‘lishi kerak.

Birgina Toshkentning o‘zidan uchta jamoaning nima keragi bor? Masalan, men Andijon xalqi o‘z jamoasini Superligada ko‘rishni istayman. Chunki ular bunga haqli. Samarqandda ham futbol bo‘lishi kerak.

Shu bois, biz chempionat formatini qayta ko‘rib chiqamiz va buni muhokama qilamiz. Futboldan butun xalqimiz bahramand bo‘lishi kerak.

Biz O‘zbekiston futbolini yuksaklarga ko‘tarish uchun mehnat qilyapmiz. Shuning uchun chempionatimiz tizimi borasida hammasini yaxshilab o‘ylab ko‘rganimizdan keyin, qaror chiqaramiz”

Demak, Umid Ahmadjonovning so‘zlari agar tasdig‘ini topsa, keyingi mavsum Superligada har bir viloyatdan bittadan jamoa ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:31, 03.10.2018.
O'qildi: 4321 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик