Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Ronaldu yil ohirigacha Portugaliya termasida o‘ynashdan bosh tortdi

Ronaldu yil ohirigacha Portugaliya termasida o‘ynashdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

Italiyaning “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoaga chaqirilmaslikni so‘radi. Bu haqda Footbal Italia xabar bermoqda.

33 yoshli futbolchi Portugaliya termasining sentyabr oyidagi Millatlar ligasi o‘yinlariga jalb etilmagan, bu “Yuventus”ga tezroq ko‘nikib ketishiga yordam berish maqsadi bilan izohlangan edi.

Manbaga ko‘ra, hujumchi oktyabr va noyabr oylaridagi yig‘inlarga ham jalb etilmaydi. Shu tariqa, u oktyabr oyida Millatlar ligasi doirasidagi Polshaga qarshi bahs (11 oktyabr) va Shotlandiya bilan o‘rtoqlik o‘yinini (14 oktyabr) o‘tkazib yuboradi.

Noyabrda esa Millatlar ligasining yana ikki bahsi – Italiya (17 noyabr) va Polsha (20 noyabr) bilan uchrashuvlarda Portugaliya termasi Ronalduning xizmatidan foydalanmaydi.

Manba: www.footballhd.ru
Kiritildi: 16:38, 04.10.2018.
O'qildi: 4444 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.