Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike "Atletiko" yarimhimoyachisi Rodri Ernandes bilan "Barselona" yarimhimoyachisi Serxio Busketsni taqqosladi.
"Ularning o‘xshashlarini avval ham aytganman. Yosh o‘yinchini ko‘p maqtash yaxshi emas.
Ammo Rodri o‘zini juda professional tumoqda, u ruhan tayyor.
U Buskets darajasiga yetishi va balki, undan o‘tishi ham mumkin. Uning imkoniyati chegarasini kim biladi?", - deydi Enrike.