Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Peres Lopetegini xotirjam qildi

Peres Lopetegini xotirjam qildi

Baho:
+ | -

«Real» prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Jamoa xo‘jayini suhbat davomida mutaxassisni ishontirib aytdiki, Lopetegi xavotir olmasdan ishlashni davom ettirishi mumkin. Hozircha Peres murabbiyni ishdan bo‘shatish haqida o‘ylayotgani yo‘q. Shu bilan birga Florentino "Qirollik klubi"ning so‘nggi natijalari qoniqarli bo‘lmaganini ta’kidladi, ammo hozircha shoshilinch qaror chiqarmoqchi emasligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, "Barselona"ning La liganing so‘nggi 3ta o‘yinda qayd etgan natijalari Lopetegi foydasiga ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" so‘nggi 3ta o‘yinda g‘alaba qozona olishmadi va raqiblar darvozasini biror marta ishg‘ol eta olishmadi. Agar "Real" Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida "Alaves"ni mag‘lub eta olmasa, Peres direktorlar kengashining boshqa a’zolari bosimi ostida murabbiyni iste’foga chiqarish haqida o‘ylay boshlashi mumkin.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 19:22, 05.10.2018.
O'qildi: 7033 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик