Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Samarqand nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Samarqand nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

20-25 oktyabr kunlari Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo kubogi, 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati, shuningdek, parakanoe bo‘yicha kit’a chempionati bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda Samarqanddagi maxsus eshkak eshish majmuasida ushbu musobaqalarni tashkil etish uchun qizg‘in tayyorgarlik ishlari ko‘rilmoqda. Mazkur sport kompleksi eshkak eshish bo‘yicha xalqaro musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha talab va me’yorlarga to‘liq javob beradi.

Shunga qaramay, Osiyoning 15 mamlakatidan tashrif buyuradigan terma jamoa vakillarini munosib kutib olish, musobaqalar vaqtida ularga barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu musobaqalarda 127 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi. Jumladan, milliy terma jamoadan 50 nafar, yoshlar terma jamoasidan 65 nafar va parakanoe jamoasidan 12 nafar sportchi bellashuvlarda qatnashadi.

Xalqaro sport musobaqalarini dastlab parakanoechilar boshlab beradilar. Ular chempionat doirasida 200 metr masofaga kuch sinashadilar. Kattalar o‘rtasidagi bahslarda esa sportchilar 200-500-1000 metr masofalarga bellashadilar. Unda erkak sportchilar K-1, K-2, K-4, S-1, S-2, S-4 qayiqlarida kuch sinashadilar.

Ayollar o‘rtasida esa 200 va 500 metr masofalarga yuqorida sanab o‘tilgan qayiqlarda bahslar tashkil qilinadi. 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda 200-500-1000 metr masofalarga K-1, K-2, K-4, S-1, S-2, S-4 qayiqlarida murosasiz kurashlar bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:36, 08.10.2018.
O'qildi: 1718 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.