Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Ispaniyadagi 1-kun mashg‘ulotidan fotolavhalar

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Ispaniyadagi 1-kun mashg‘ulotidan fotolavhalar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Ispaniyadagi dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazdi. Toshkentdan Esteponaga 14 soatda yetib kelgan futbolchilar uchun mashg‘ulotning ilk kunida kuchli zo‘riqish berilmadi. Ular asosan tiklanish mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.    Shu kuni jamoa murabbiyi Sarvar Haydarovning tavallud topgan kuni bo‘lib, futbolchilar kechki ovqat vaqtida murabbiyni tabriklashdi. Unga esdalik uchun yosh futbolchilar imzosi tushirilgan to‘p sovg‘a qilindi. Tashkilotchilar esa delegasiyani shirinlik bilan siyladi.    “Kutilmagan va yoqimli sovg‘a bo‘ldi. Hammasidan ham xursand bo‘lganim yigitlarimizda jipslashish boshlanganidir. Ular kun davomida menga bilintirmay shunday birlasha olgan bo‘lishsa, demak, ahillik borasidagi savolga hozircha ehtiyoj yo‘q va biz bundan juda xursandmiz”, — deydi Sarvar Haydarov.    Marbellada O‘zbekiston termasi uchun ikkita maydon ajratib qo‘yilgan. Yig‘in yakuniga qadar mazkur maydonlar faqatgina bizga tegishli bo‘ladi. Ular shunchaki ideal holatda. Bunday maydonlarda o‘ynash har qanday futbolchiga nafaqat katta foyda, balki zavq ham beradi.    “Oldin ham xorij yig‘inlarida bo‘lganman. Biroq bunisi boshqacha bo‘lyapti. Bizga bo‘lgan e’tibor, biz uchun berilgan maydonlar, otellar — hammasi a’lo darajada. Futbolchilarimiz ham o‘zlarini fantastik muhitda his qilishyapti. Buning uchun O‘FA rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman”, — deb aytib o‘tdi terma bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev.    Ma’lumot uchun, Marbellada, shuningdek, Daniya, Shvesiya hamda Rossiyaning U20 terma jamoalari ham mashg‘ulot olib borishmoqda. Mazkur termalar yondosh maydonlarda mashg‘ulot olib bormoqda.






Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 13:14, 09.10.2018.
O'qildi: 2696 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.