Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

PFL kelasi yil uchun Musobaqalar Reglamentini ishlab chiqishda La liga mutaxassislari bilan hamkorlik qilmoqda

PFL kelasi yil uchun Musobaqalar Reglamentini ishlab chiqishda La liga mutaxassislari bilan hamkorlik qilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab O‘zbekiston hamda Ispaniya futbol ligalari o‘rtasida yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Aprel oyi boshida Madridda amaliy ishchi tashrif bilan bo‘lgan O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurov La liga bosh direktori Xavyer Gomes bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgandi. La liga bosh direktori o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga, mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Uchrashuv yakunida esa O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasi o‘rtasida 2020 yilga qadar mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, La liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash, translyasiyalar va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha yurtimizdagi mutaxassislarga yordam beradigan bo‘lishdi.

O‘zaro hamkorlik doirasida joriy yil so‘nggiga qadar yana bir qator tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Mana shunday loyihalar doirasida ispan mutaxassislari kelasi mavsum uchun Musobaqalar Reglamentini ishlab chiqishda o‘z tajriba hamda tavsiyalari bilan yordam berishadi.

Professional Futbol Ligasi allaqachon kelasi yilda bo‘lib o‘tadigan musobaqalar uchun Reglament ishlab chiqishni boshlab yuborgan. Keyingi yilgi Musobaqalar Reglamentiga joriy mavsumdan kerakli xulosalar qilingan holda bir qancha yangiliklar kiritiladi. Bunda La liga mutaxassislari ham o‘z takliflarini berishadi. 

Ta’kidlash joizki, kelasi mavsumdan Musobaqalar Reglamenti o‘zbek tilida ham tuziladi. Bunga qadar Reglament faqat rus tilida nashr etib kelingan. Bundan buyon futbol jamoatchiligiga Musobaqalar Reglamenti ham o‘zbek, ham rus tilida taqdim etiladi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:03, 09.10.2018.
O'qildi: 3158 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.