Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

KXDR murabbiyi: «Futbolda oldindan qilingan bashoratlar doim ham o‘zini oqlamaydi»

KXDR murabbiyi: «Futbolda oldindan qilingan bashoratlar doim ham o‘zini oqlamaydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston – Shimoliy Koreya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumani ikkinchi qismida KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Kim Yong Jun hamda jamoa futbolchisi Jong Il Gvanlar jurnalistlar savollariga javob berishdi.

Kim Yong Jun: Bu uchrashuv biz uchun yanvar oyida bo‘ladigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik o‘yini bo‘ladi. Biz oxirgi o‘yinimizni may oyida Gonk Kong terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan edik. Ta’kidlash joiz, bu yil terma jamoamizga nomzod o‘yinchilarni ko‘p marotaba klublardan chaqirib olishni ep ko‘rmadik.

Chunki ularning klublari xalqaro o‘yinlarda qatnashishmoqda va futbolchilar yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. O‘rtoqlik o‘yinidan oldin jamoangizni o‘yinlarini kuzatdik. Terma jamoangiz o‘yinga a’lo darajada tayyor deb o‘ylayman. Kim yaxshi o‘ynasa o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi. Futbolda oldindan qilingan bashoratlar doim ham o‘zini oqlamaydi.

Biz g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotganimiz sababli agarda g‘alaba qozonsak, jamoa futbolchilarining kayfiyatini ko‘tarilib ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Osiyo kubogida kuchli jamoalar ishtirok etishadi. Agar biz chorak finalga yetib borsak, bu biz uchun ijobiy natija hisoblanadi.

Jong Il Gvan: Bu uchrashuvda biz yakdil jamoa sifatida yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Shveysariya klubiga taklif etilishimga sabab o‘tgan yili Yaponiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada yaxshi ishtirok etib o‘yinda xet-trik qayd etganim bo‘lsa kerak.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:54, 13.10.2018.
O'qildi: 6912 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик