"Barselona" yarim himoyachisi Rodri "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda jamoadoshi Erik Garsiyani tasodifan jarohatladi.
La Liga 4-turidan o‘rin olgan bahsning 25-daqiqasida Rodri jarima maydonchasida burilayotgan paytda orqasida turgan Erik Garsiyaning yuziga peshonasi bilan zarba berib qo‘ydi.
To‘qnashuvdan keyin Garsiyaning yuzidan qon ketdi.
Natijada himoyachi o‘yinni davom ettira olmadi va uning o‘rniga Jyul Kunde maydonga tushdi.
Birinchi bo‘limdan keyin "Barselona" "Valensiya"ni 2:0 hisobida mag‘lub etmoqda.













