Londonning «Arsenal» klubi Viktor Dyokereshni boshqa bir hujumchiga almashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Gap Saudiyaning «Al-Ahli» klubida to‘p surayotgan Ayven Toni haqida bormoqda. indykaila News ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» mutasaddilari shvedni angliyalik futbolchiga almashtirish bo‘yicha ehtimoliy bitimni muhokama qilib bo‘lishgan.
Ayven Toni «Al-Ahli» safida 99 ta o‘yinda 78 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt ekspertlari 30 yoshli futbolchining bozor qiymatini 20 mln yevroga baholashmoqda, uning amaldagi shartnomasi esa 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Ushbu portalda 28 yoshli Dyokereshning narxi 65 mln yevroni tashkil etadi.













