Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

O‘rtoqlik uchrashuvi. «Qo‘qon-1912» AGMK bilan durang o‘ynadi

O‘rtoqlik uchrashuvi. «Qo‘qon-1912» AGMK bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Toshkent shahrida yig‘in o‘tkazayotgan “Qo‘qon-1912” bugun AGMK klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. “To‘qimachi” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.

Uchrashuv oldidan har ikki jamoada yo‘qotishlar bor edi. Xususan, “Qo‘qon-1912”ning yetakchilari – O‘tkir Yusupov, Javohir Sidiqov va Oybek Rustamovlar O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari yig‘inlarida ishtirok etishayotgani bois bugungi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Merzlyakov mashg‘ulotlarda kichik jarohat olgan.

AGMKda ham yo‘qotishlar bor edi. Darvozabonlar Roman Abdulov milliy terma jamoa va Nizomiddin Ziyovutdinov olimpiya terma jamoasi yiginida ishtirok etmokda. Kichik jarohat sabab G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Vladimir Bubanya, Yovan Jokich va Zafar Polvonovlar bu bahsda ishtirok etishmadi.

Uchrashuvni qo‘qonliklar faol tarzda boshlashdi va dastlabki daqiqalarda hisobni ochishlari mumkin edi. Lekin bu hujum samarali yakunlanmadi. 10-daqiqada AGMK penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Biroq, Milosh Trifunovichning zarbasini darvozabon qaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan keyin har ikki jamoa ham ketma-ket xavfli vaziyatlarni vujulga keltirishdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida olmaliqliklar yana penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Bu safar Muzaffar Muzaffarov nuqtadan adashmadi va hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, hisob tenglashdi. Quvondiq Ro‘ziyev javob to‘pini kiritdi va jamoalar tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymni ham qo‘qonliklar faol boshladi. Bo‘lim boshtda Berdiyevning zarbasini darvozabon arang qaytardi. Ketma-ket ushyushtirigan hujumlar yomg‘iri 55-daqiqada o‘z samarasini berdi. Iqbol Malikjonov raqibning 2-3 nafar o‘yinchisini aldab o‘tib darvozani aniq nishonga oldi.

63-daqiqada esa AGMK hisobni tenglashtirdi. Azamat Isroilov gol muallifi bo‘ldi. 84-daqiqada juda xavfli vaziyatdan foydalana olmadik. Muhammadanas Hasanovning uzoqdan yo‘llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi. Shu tariqa, o‘rtoqlik uchrashuvida durang natijasi qayd etildi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

«Qo‘qon-1912» - «AGMK»  - 2:2 (1:1)

Gollar: Quvondiq Ro‘ziyev, Iqbol Malikjonov. - Muzaffar Muzaffarov (pen), Azamat Isroilov.

“Qo‘qon-1912”: 71. Sarvar Karimov, 4 . Bahodir Akramov, 5. G‘iyos Komilov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 55. Darko Govkovich, 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov, 79. Iqbol Malikjonov, 96. Muhammadanas Hasanov.

Zaxira: 12. Muhammadali Sobirov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 11. Firdavs Asadov, 78. Behruz Sa’dilloyev.

AGMK: Xurshid Xodjayev, Alisher Samatov, Javlon Guseynov, Vladislav Kasminin, Azamat Isroilov, Zoxir Pirimov, Muzaffarjon Muzaffarov, Lutfulla To‘rayev, Oybek Qilichev, Shohnazar Norbekov, Milosh Trifunovich.

Zaxiradagilar: Nodir Shabonov, Abdukahhor Xojiakbarov, Jasur Hasanov, Jamshid Hasanov, Shahboz Umarov, Abdumalik Abdullayev, Kamoliddin Murzoyev.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 18:31, 13.10.2018.
O'qildi: 2139 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик