Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Boks. Xalakov oltin, yana ikki bokschimiz bronza medali uchun ringga ko‘tariladi

Boks. Xalakov oltin, yana ikki bokschimiz bronza medali uchun ringga ko‘tariladi

Baho:
+ | -1

Argentinada III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari nihoyasiga yetib bormoqda. O‘zbekistonlik muxlislar uchun albatta boks bo‘yicha bahslar katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Bugun uch nafar bokschimiz yarim finalda o‘z janglarini o‘tkazishdi.

-69 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Jahongir Rahmonov argentinalik Agustin Arregiga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 2:3 (29-28, 29-28, 28-29, 28-29, 27-30). Hamyurtimiz dastlabki saralash bahsida ham ushbu mezbon bokschi shunday hisobda imkoniyatni boy bergandi.

-81 kg vaznli Timur Merjanov rossiyalik Ruslan Kolesnikovga mag‘lub bo‘ldi — 0:5 (28-29, 28-29, 28-29, 27-30, 28-29).

-56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abdumalik Xalakovning argentinalik bokschi Mirko Kuelyoga qarshi jangi esa kechaning eng shiddatli to‘qnashuvlaridan biri bo‘ldi. Arenaga yig‘ilganlarning asosiy qismi albatta bu jangda mezbon bokschiga muxlislik qilishdi, jang davomida qo‘llab-quvvatlashdi. Shunga yarasha Kuelyo ham jangni ajoyib o‘tkazdi. Ammo, bahs davomida ko‘proq ustunlikka erishgan Abdumalik yakunda g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. 5:0 (30-27, 30-27, 30-27, 30-27, 30-27).

Endi ikki nafar bokschimiz bronza medali uchun jang qilsa, biri oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.

Boks
17 oktyabr:
Bronza medali uchun:
-69 kg: Jahongir Rahmonov – Nijat Hasanov (Ozarbayjon) (22:00).

18 oktyabr:
Oltin medal uchun:
-56 kg: Abdumalik Xalakov – Maksim Kalinichev (Ukraina) (21:30).

Bronza medali uchun:
-81 kg: Timur Merjanov – Yusuf Ali Karar (Misr) (22:45).

Izoh: Soatlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:11, 17.10.2018.
O'qildi: 2642 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик