Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Sud sportchi Murod Xonto‘rayevga jazo tayinladi

Sud sportchi Murod Xonto‘rayevga jazo tayinladi

Baho:
+-1 | -
Bo'lim: SPORT

Joriy yilning 12 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi o‘zbekistonlik mashhur aralash qoidalar jangchisi Murod Xonto‘rayevga nisbatan jazo tayinladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili “Qalampir.uz”ga ma’lum qildi.

Xabaringiz bor, Murod Xonto‘rayev va bir qator shaxslar joriy yilning 20 iyun kunidan 21 iyun kuniga o‘tar kechasi Yunusobod tumanida joylashgan tungi klublardan birida jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganlik va tartibsizlik keltirib chiqargani uchun qo‘lga olingangandi.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Temur Qosimov raisligidagi sud Murod Xonto‘rayev (1987 y. Toshkent shahrida tug‘ilgan), Doniyor Vahobov (1994 y. Toshkent shahrida tug‘ilgan) va Ilhomjon Parpiyev (1993 y. Toshkent viloyatida tug‘ilgan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi va hukmni e’lon qildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, M. Xonto‘rayev va D. Vahobovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) 3-qismi “a” bandi, I. Parpiyevni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 1-qismi va 277-moddasi (“Bezorilik”) 2-qismi “a”, “b”, “v” bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi Murod Xonto‘rayevga eng kam oylik ish haqining 94 barobari miqdorida 16 190 560 so‘m (172 240 so‘m hisobida) jarima jazosi, D. Vahobovga 3 yil 8 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi, I. Parpiyevga oylik ish haqidan 20 foiz davlat foydasiga ushlab qolgan xolda 2 yil 1 oy 24 kun muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.

Ta’kidlash joizki, sudlanuvchilarga jazo tayinlashda ular istiqomat qiluvchi mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan taqdim etilgan o‘z kafilligiga olish haqidagi xatlari inobatga olindi.

Kiritildi: 16:43, 17.10.2018.
O'qildi: 7589 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.