Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

3-o‘yinda ilk g‘alaba: Ektor Kuper birinchisi emas...

3-o‘yinda ilk g‘alaba: Ektor Kuper birinchisi emas...

Baho:
+ | -

Ektor Kuper O‘zbekiston milliy jamoasi boshqaruvida dastlabki ikki o‘yinda g‘alaba qozona olmagan birinchi murabbiy emas.

Mamlakatimiz futboli tarixida shunday natija qayd etgan dastlabki mutaxassis Vladimir Salkovdir. Agar termani faqatgina ikkita o‘yinda boshqargan Aleksandr Ivankovni hisobga olmasak. Salkov ham Kuper singari milliy jamoamiz rulida uchinchi o‘yinida g‘alaba qozongan.

Isroil va Armanistonga imkoniyatni boy bergan Salkov shogirdlari Ozarbayjonni mag‘lub etishgandi. Raqamlar va faktlar O‘zbekiston terma jamoasining FIFA saytidagi o‘yinlar ro‘yxatidan olingan.

Rauf Inileev va Mirjalol Qosimov ham uchinchi o‘yinida ilk g‘alabasini nishonlagan. Qosimov (54) va Inileev (29) O‘zbekiston termasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiylar hisoblanishadi. Bu borada uchinchi o‘rinda borayotgan Vadim Abramov (28 o‘yin) esa o‘zining beshinchi o‘yinida ilk g‘alabasini nishonlagan.

Shuningdek, Ravshan Haydarov ham birinchi g‘alabasiga beshinchi uchrashuvda erishgan. Umuman olganda, Haydarov dastlabki g‘alabasini nishonlash uchun 1 yil, 3 oy, 6 kun kutishiga to‘g‘ri kelgan.

Xullas, termamizni eng ko‘p boshqargan murabbiylar ro‘yxatida dastlabki to‘rtta o‘rinni egallab turgan mutaxassislarning hech biri dastlabki g‘alabasini bir yoki ikkinchi o‘yinida nishonlamagan.

Yana bir detalga e’tibor qaratamiz. Ularning barchalari termaga Osiyo kubogida ustozlik qilishgan, hammalari kamida chorak finalga chiqishgan.

Birinchi bo‘lib 2004 yili Haydarov shunday natija qayd etgan, deb yozmoqda hamkasbimiz Alisher Nikimbayev o‘zining telegramm kanalida... 2007 yili Inileev uning ko‘rsatkichini takrorlagan. 2011 yili Abramov 4-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2015 yili Qosimov chorak finalgacha yetib borgan.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:29, 18.10.2018.
O'qildi: 6100 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.