Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«Nasaf» yoshlarida yana g‘alaba

«Nasaf» yoshlarida yana g‘alaba

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun U-14 va U-16 yosh toifasidagi jamoalarimiz mamlakat birinchiligining dastlabki bosqichi so‘nggi tur uchrashuvlarini o‘tkazishdi.

O‘zingizga ma’lum, U-16  jamoamizga Eldor Moyliyev va Ilyos Pardayevlar murabbiylik qilishsa,  U-14  jamoamizga  Eldor Moyliyev va Nurali Qo‘ng‘irovlar ustozlik qilishmoqda.

Ushbu yosh toifasidagi jamoalarimiz bugun Qarshida navbatdagi tur uchrashuvlarini o‘tkazishdi. Jamoalarimiz “Sho‘rtan” klubi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuv futbol maktabimiz maydonida bo‘lib o‘tdi.  

U-16 jamomiz  raqibini  5:1 hisobida dog‘da qoldirdi. Uchrashuvdagi gollarimizni Shaxzod Xushvaqtov (3ta), Dilshod Berdiyev va Bekjon Rahmatovlar kiritishdi. Ushbu jamoamiz bugun deyarli ikkinchi tarkib bilan maydonda harakat qildi.  

U-14 jamoamiz esa g‘uzorlik tenqurlari ustidan  6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu uchrashuvdagi gollarni Maxmud Jo‘raboyev, Javohir Otamurodov (2ta), Islom Kenjaboyev, Muhammad Mavlonov hamda Elyor Yulbarsovlar kiritishdi. Bu jamoamiz tarkibida ham maydonga ko‘p tushmagan yosh futbolchilarimiz harakat qilishdi.

Shunday qilib, o‘smirlarimiz birinchilikning dastlabki bosqich uchrashuvlarini nihoyasiga yetkazishdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, jamoalarimiz birinchi bosqichni mag‘lubiyatsiz yakunlashdi. Endi jamoalarimiz, g‘olib sifatida keyingi bosqich – birinchilikning final bosqichida ishtirok etishadi.

Navbatdagi bosqich uchrashuvlari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Jamoamiz raqiblari qur’a orqali aniqlanadi.

Manba: www,fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:55, 18.10.2018.
O'qildi: 2083 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.