Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Elnur Abduraimov amerikalik raqibini nokautga uchratdi

Elnur Abduraimov amerikalik raqibini nokautga uchratdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni hisoblangan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov bugun, 19 oktyabr kuni tongda AQSHda professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazdi.

Elnurga prof boksdagi 2-jangida amerikalik Xose Salinas raqiblik qilish kerak edi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, Xose Salinas bu jangda ishtirok etmadi. Abduraimovga bugungi jangda amerikalik Jovanni Gonsales raqiblik qildi. Elnur Gonsalesni 2-raundda nokautga uchratib, ketma-ket ikkinchi jangini ham nokautli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Jovanni Gonsales bungacha prof ringda 7 ta jang o‘tkazib, ularning 5 tasida g‘alaba qozongan va 2 ta jangda mag‘lubiyatga uchragandi. Elnur esa prof ringdagi debyutini nishonlagan va jangda amerikalik Aron Hollinsni nokautga uchratgandi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:21, 19.10.2018.
O'qildi: 5505 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик