Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

«Real» muvaffaqiyatsizliklarida asosiy aybdor Kroos va Modrichmi?

«Real» muvaffaqiyatsizliklarida asosiy aybdor Kroos va Modrichmi?

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi deyarli 7 soatdan beri gol ura olmayapti. "Qaymoqranglilar" ketma-ket 4ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti (3ta mag‘lubiyat, 1ta durang). "Qirollik klubi"ning mazkur muvaffaqiyatsizliklarida nafaqat hujumchilar aybdor, balki Toni Kroos va Luka Modrichning yaxshi formada emasligi ham sababchi. Bu raqamlarda ko‘rib chiqamiz.

Toni Kroos
Kroos o‘z klubi va terma jamoa safida ketma-ket 6ta o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti. Germaniya terma jamoasi UYEFA millatlar ligasi doirasida Gollandiya va Fransiya termalariga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Kroos fransuzlarga qarshi o‘yinda penaltidan gol urdi.

Bundestimning o‘zi ham 6ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Bu Toni uchun professional faoliyatidagi eng yomon davr hisoblanadi. Germaniyalik futbolchi ushbu mavsumda o‘ziga bo‘lgan ishonch va o‘yindagi aniqlikni yo‘qotib qo‘ydi.

Luka Modrich
Xorvatiya terma jamoasi FIFA kunlari doirasida o‘tkazilgan Angliyaga qarshi o‘yinda golsiz durangga imzo chekdi. Jahon chempionatidan keyin xorvatlarning natijalari u qadar qoniqarli bo‘lmayapti. To‘g‘ri, terma jamoa Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi (2:1), ammo bu o‘yinda Modrich ishtirok etmadi. U ertaroq "Real" safiga qaytib keldi. Luka Modrich ishtirok etgan so‘nggi o‘yinlarda Xorvatiya 4ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.

Keyingi o‘yinlar
"Real"ni oldinda muhim o‘yinlar kutib turibdi. "Qirollik klubi" "Barselona"ga qarshi kechadigan "klasiko"dan oldin «Levante» va «Viktoriya Plzen»ga qarshi bahslarni o‘z foydasiga hal qilishi lozim. Mazkur o‘yinlardagi natija ko‘p jihatdan Toni Kroos va Luka Modrichga bog‘liq.

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 12:27, 19.10.2018.
O'qildi: 8819 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.