AGMK – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirdi:
“Bugun raqib jamoa bizdan barcha jabhada ustun ko‘rindi. Ular tarkib, taktika va shijoat bobida bizdan yaxshiroq harakat qilishdi va yakunda haqqoniy g‘alabaga erishishdi.
Qayd etilgan mag‘lubiyatdagi asosiy ayb – murabbiylar shtabi zimmasida, deya olaman”, - dedi mutaxassis.