Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Italiya chempionati. SPAL safarda «Roma» ustidan g‘alaba qozondi

Italiya chempionati. SPAL safarda «Roma» ustidan g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan “Roma” va SPAL uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Stadio Olimpiko”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda kutilmagan natija qayd etildi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida Andrea Petanya penaltini aniq bajarib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Kevin Bonifasi hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

75-daqiqada mehmonlar darvozaboni Vanya Milinkovich-Savich maydondan chetlatildi, biroq qolgan vaqt davomida rimliklar sondagi ustunlikdan foydalana olmadilar.

Shu tariqa, SPAL ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 12ta yetkazib olgan holda 13-pog‘onaga ko‘tarilib oldi, “Roma” 14 ochko bilan oltinchi o‘rinda qolmoqda.

A Seriya, 9-tur

Roma – SPAL 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 38, penalti Petanya, 0:2 – 56 Bonifasi.

Roma – Olsen, Markano, Fasio, Pellegrini (Pastore, 78), Florensi, Kristante (Klyuyvert, 59), Nzonzi, Under (CHorich, 71), Pellegrini, El-SHaaravi, Djeko.

SPAL – Milinkovich-Savich, Chonek, Bonifasi, Kosta, Vikari, Valdifyori (Fares, 70), Ladzari, Missiroli, Valoti (Gomis, 77), Paloski (Bilyer, 66), Petanya.

Ogohlantirishlar: Missiroli (30), Pellegrini (37), Under (62), Paloski (64), Bilyer (69), Milinkovich-Savich (75), Fasio (82).

Chetlatish: Milinkovich-Savich (75).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:45, 20.10.2018.
O'qildi: 2899 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.