Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/06 01:00 Angliya 4-2 Xorvatiya
18/06 04:00 Gana 1-0 Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston 1-3 Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya 1-1 JAR
18/06 23:59 Shveysariya 4-1 Bosniya-Gertsegovina
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh - Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya - Marokash
20/06 05:30 Braziliya - Gaiti
20/06 08:00 Turkiya - Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya

Andrey Fyodorov: «Kubok bahsidagi kamchiliklarimizni o‘rganib chiqqanimiz qo‘l keldi»

Andrey Fyodorov: «Kubok bahsidagi kamchiliklarimizni o‘rganib chiqqanimiz qo‘l keldi»

Baho:
+ | -

Superliganing 26-turi doirasida "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun yaxshi o‘yin bo‘ldi, muxlislar bir-biriga munosib bo‘lgan jamoalarning o‘yinini kuzatishdi. Bahs "yil o‘yini" maqomiga mos kechdi va bu tomoshabinlarga juda ham yoqdi. Ikki jamoaning futbolchilari ham bosimni ilk daqiqalardan so‘nggi soniyalargacha his qilishdi. Bahsgacha raqib bilan o‘tgan kubok o‘yinini taxlil qildik. O‘shanda o‘yinimiz o‘xshamagandi. Uchrashuvdagi kamchiliklarimiz va muammolarimizni o‘rganib chiqdik. Qilingan ishlar ham raqibni mag‘lubiyatga uchratishimizda ancha qo‘l keldi. Yigitlar o‘sha bahsda yetishmagan kuchni bu safar o‘zlarida topa olishdi. Asosiysi, muhim g‘alabaga erishdik. Yigitlarga rahmat aytaman, ular o‘yinga ruhiy tomondan ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi", — dedi Fyodorov.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:40, 20.10.2018.
O'qildi: 2416 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик