Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

O‘zbekiston kamondan otish bo‘yicha Turkiya bilan yaqindan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston kamondan otish bo‘yicha Turkiya bilan yaqindan hamkorlik qiladi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, Turkiya sportning kamondan otish turi bo‘yicha yetakchi mamlakatlardan hisoblanadi. Bugungi kunga kelib O‘zbekistonda ham olimpiya sport turi hisoblangan kamondan otish taraqqiyoti yo‘lida qator islohotlar, samarali ishlar olib borilmoqda. Bu borada ilg‘or mamlakatlar tajribalari o‘rganilmoqda, ular bilan yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

Bugun, 23 oktyabr kuni O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi raisi Otabek Imomov hamkorlik rishtalarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida Turkiyada mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, mamlakat kamondan otish federasiyasi rahbari Ug‘ur Erdener bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar bir qator muhim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Unga ko‘ra turkiyalik murabbiylar O‘zbekistonga tashrif buyurib, sportchilarimiz uchun mashg‘ulotlar, mahorat saboqlari tashkil etadilar. Shuningdek, seleksiya masalasida ham murabbiylarimizga yaqindan yordam beradilar. Undan tashqari, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadilar. Muhim musobaqalarga aynan turkiyalik sportchilar bilan birga tayyorgarlik ko‘radilar.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Turkiyaga safari davomida Butunjahon etnosport konfederasiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Najmiddin Bilol Erdogan bilan uchrashuv o‘tkazgan va hamkorlikni kuchaytirish, aloqalarni yanada mustahkamlash, kamondan o‘q otish sport turiga oid bir qator masalalarni muhokama qilishgan edi. Bugun o‘tkazilgan muzokaralar esa o‘sha uchrashuvning mantiqiy davomi bo‘ldi deyishimiz mumkin.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:00, 23.10.2018.
O'qildi: 2139 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.