O‘zbekiston futbol assosiasiyasi terma jamoalar uchun sifatli ekipirovkalar yetkazib beruvchi bir qator xorij kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordi.
Muzokaralar natijasida Germaniyaning mashhur JACO (“YAKO”) kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi. Endilikda mazkur kompaniya turli yoshdagi milliy terma jamoalarimiz uchun har bir mavsum uchun ekipirovkalar yetkazib beradigan bo‘ldi.
Ertaga soat 19:00da Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda JACO kompaniyasi tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanadi.
Ma’lumot uchun, JACO (“YAKO”) kompaniyasi sport ekipirovkalari (libos, oyoq kiyim, aksessuarlar) va inventarlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kompaniya bo‘lib, unga Rudi Shpryugel tomonidan 1989 yilning 1 noyabrida asos solingan.
Ayni vaqtda JACO (“YAKO”) kompaniyasining 40dan ortiq mamlakatlarda filiallari mavjud. Kompaniyaning bosh binosi Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Xollenbax okrugida joylashgan.
Hozirda Avstriya, Belgii, Gollandiya, Shveysariya kabi mamlakatlarning bir qator klublari aynan JACO kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.
Ronaldu Messini to‘yiga taklif qilish bo‘yicha qaror qabul qildi [5693]
Rasman: «Fulhem» «Real»ning yana bir futbolchisi transferini e’lon qildi (FOTO) [3235]
Vinisius «Arsenal»ga o‘tsa, qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi [3138]
Vinisius o‘z agentlariga topshiriq berdi [2764]
Superliga. 16-tur o‘yinlari boshlanish vaqtlari e’lon qilindi (foto) [2672]
Vinisiusga yiliga 22 million yevro ham kamlik qildi [2511]
Gyuler «Real»ni tark etgan jamoadoshiga ta’sirli murojaat yo‘lladi [2496]
Ferran Torres «Barselona» rahbariyatiga shart qo‘ydi [2426]
AS: Rodri «Barselona»ga transfer borasida o‘z pozisiyasini bildirdi [1958]
Reshford «Barselona»ga transferi barbod bo‘lganini og‘ir qabul qildi [1842]













