Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Sport kurashlari. JCHda o‘zbekistonlik uch sportchi mag‘lubiyatga uchradi

Sport kurashlari. JCHda o‘zbekistonlik uch sportchi mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida yunon-rum kurashi ustalari g‘oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda. 26 oktyabr kungi dasturdan o‘rin olgan bahslarda o‘zbekistonlik uch nafar sportchi jahon chempionatidagi ishtirokini boshladi.

-60 kg vaznda gilamga chiqqan Firuz To‘xtayev saralashda xorvatiyalik Ivan Lizatovichni muddatidan oldin (9-0) mag‘lub etgandi, biroq nimchorak finalda kubalik Luis Alberto Sanchesga 8-4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

- 67 kg vaznda ishtirok etgan Mirzobek Rahmatov esa saralash bosqichidayoq olimpiada o‘yinlari chempioni kubalik Ismael Borrero Molinaga duch kelib qoldi va unga 6-1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Ikkala kubalik sportchi ham keyingi bosqichlarda imkoniyatni boy bergani sababli To‘xtayevda ham, Rahmatovda ham medallar uchun kurashish imkoniyati qolmadi. Natijada ular, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

87 kg vaznda gilamga chiqayotgan Rustam Assakalov esa avvaliga xitoylik Fei Pengni muddatidan oldin (10-0), nimchorak finalda germaniyalik Denis Kudlani 5-2 hisobida mag‘lub etgandi. Ammo chorak finalda u rossiyalik Bekxan Ozdoyevga 6-4 hisobida yutqazib qo‘ydi. Agar Ozdoyev yarim finalda ham g‘alaba qozonsa, Assakalovda bronza medali uchun kurashish imkoniyati qoladi.

Manba: www.turon24.uz
Kiritildi: 23:26, 26.10.2018.
O'qildi: 2309 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.