Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

O‘zbekiston Kubogi finali muxlislar nigohida

O‘zbekiston Kubogi finali muxlislar nigohida

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Finalda “Paxtakor” va AGMK jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.

Ertaga bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvi farg‘onalik futbol muxlislarida ham katta qiziqish uyg‘otgan. Final uchrashuvidan oldin farg‘onalik muxlislar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Ixtiyor Niyozov: “Farg‘onada Kubok finaliga tayyorgarlik avjida. Uchrashuvga bo‘lgan qiziqish har qachongidan ham yuqori. Chunki o‘rtaga nafaqat kubok tikilgan, balki OCHL uchun  ikkinchi yo‘llanma taqdiri ham aynan ertangi finalga bog‘liq. Farg‘onada bunday finallar har doim ham bo‘lavermaydi.

Shu sabab  futbolni sevadigan Farg‘ona ahli finalni albatta katta qiziqish bilan tomosha kilishadi. Meni fikrimcha, ertangi finalga keladigan muxlislar soni  O‘zbekiston kubogi finallari tarixida rekord bo‘lishi mumkin”.

Sanjar Xolmatov:  “ Final uchrashuvi Farg‘onada o‘tishini eshitganimdan keyin juda xursand bo‘ldim. Boisi, bunday yuqori darajadagi o‘yinlarni bevosita stadionda ko‘rishning o‘zi kishiga qancha quvonch baxsh etadi. Final uchrashuvlari doimo shiddatli o‘tadi. Shu sababli ertaga ham kurashlarga boy o‘yin guvohiga aylanishimizga ishonchim komil”.

Mamanazar To‘xtayev: “Biz futbol muxlislar har doim finallarni katta bayramdek kutamiz. Finalda kimning o‘ynashi muhim emas. Farg‘ona xalqi finallarni sog‘ingan. Biz muxlislar ertangi bahsni intizorlik bilan kutyapmiz. Ertaga haqiqiy bayram bo‘lishiga ishonamiz”.

Isroil Mamajonov: “Final uchrashuvini qanchalik intizor bo‘lib kutayotganimni tasavvur ham eta olmaysiz. Barchamiz finalda “Neftchi” yoki “Qo‘qon-1912” kutgandik. Shunday bo‘lsa-da finalga qiziqish katta deb hisoblayman. “Istiqlol” stadionida chiptaga uchun muxlislar navbat kutib turishibdi. Shuning o‘ziyoq uchrashuvga bo‘lgan qiziqish qay darajada ekanligini belgilab bersa ajab emas”.

Habibullo Nishonov: “Farg‘onalik muxlislar “Istiqlol” stadionida ertaga haqiqiy anshlag bo‘lishini kutyapmiz. Final har doim ham viloyatimizda bo‘lavermaydi. Shunday ekan bunday katta bayramni o‘tkazib yuborishni istamaymiz”.

Abdurahim Alamov:  “O‘FA olib borayotgan islohatlar natijasida bu yilgi kubok bahslari o‘zgacha ruhda o‘tdi. Bosqichlarning bitta o‘yindan iborat bo‘lgani esa bahslarning shiddatli o‘tishiga zamin yaratdi. Bundan tashqari, finalning Farg‘onada o‘tishini ham tarixiy voqealardan biri sifatida e’tirof etish mumkin.

Bunqasi hali bo‘lmagandi. Shuning uchun farg‘onalik ishqibozlar xursand. Ular ertangi bahsni intizorlik bilan kutishmoqda. Finalning Farg‘onada o‘tishi viloyatimiz futboli rivojiga katta hissa qo‘shishiga shubham yo‘q  Biz mana shunday finallarni sog‘inganmiz.

Ertaga “Istiqlol” stadionida bayrami bo‘lishiga ishonaman. Bundan tashqari, ertaga butun vodiydan muxlislar tashrif buyurishi aniq. Bu nafaqat Farg‘ona, butun vodiy futboli uchun bayram. Vodiylik futbol ixlosmandlari esa bunday bayramlarni o‘tkazib yuborishni istashmaydi”.

Abror Dehqonov tomonidan tayyorlandi,

"Qo‘qon-1912" PFK matbuot xizmati xodimi, "Futbol info" jurnali bosh muharriri.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:10, 27.10.2018.
O'qildi: 2755 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.