“Monako”ning sobiq bosh murabbiyi Leonardu Jardim faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Le 10 Sport xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis “Nyukasl” bosh murabbiyi Rafael Benites o‘rnini egallashi mumkin. “Qarg‘alar” rahbariyati jamoa natijalaridan norozi bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Nyukasl” 10-turdan so‘ng 3 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining so‘ng pog‘onasida bormoqda.