Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Zohir Pirimov: «Finaldagi g‘alabada murabbiylarimiz tanlagan taktika muhim o‘rin tutdi»

Zohir Pirimov: «Finaldagi g‘alabada murabbiylarimiz tanlagan taktika muhim o‘rin tutdi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, kecha Farg‘onadagi “Istiqlol” arenasida futbol bo‘yicha mamlakat kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Anchagina qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tgan o‘yindan so‘ng AGMK jamoasi o‘z tarixida ilk marta mamlakat kubogi g‘olibiga aylandi.

Olmaliq shahri jamoasining yetakchilaridan biri Zohir Pirimov final taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Ancha vaqtdan buyon AGMK jamoasi safida o‘ynab kelaman. Mana birinchi bora ushbu jamoa tarkibida O‘zbekiston kubogi finalida ishtirok etdim. To‘g‘risi, ushbu o‘yin mening faoliyatimda hozirgacha bo‘lgan uchrashuvlar ichida eng muhimi edi. Shu sababdan ham butun jamoamiz maydonda bor kuchini 100 foizga emas, balkim 200 foizga ishga solishga urindi. Yakunda omad bizga kulib boqdi. Bunda murabbiylarimiz tanlagan taktika juda muhim o‘rin egallaganini ayta olaman. Sababi e’tibor bergan bo‘lsangiz, asosan murabbiylarimiz uqtirganidek tartibli o‘yin namoyish etishga urindik.

Umuman olganda, final juda ajoyib tarzda o‘tdi. Undan olam-olam taassurotlar qoldi. Tashkilotchilik masalasida ham, stadiondagi atmosfera ham qoyilmaqom bo‘ldi. Muxlislar havo harorati ancha past va o‘yin bo‘yi shamol esgan bo‘lsa-da qizg‘in qo‘llab-quvvatlab turishdi. Buning uchun ulardan minnatdormiz.

Endi kubok egasi sifatida Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniga ega bo‘lamiz. Ayni paytda AGMKda yaxshi jamoa shakllanib boryapti. Agar shu ruhda davom etsak, nasib etsa, xalqaro maydonda ham ishqibozlarimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz, - dedi mahoratli futbolchi.  

Ta’kidlash joiz, Zohir Pirimov final o‘yinida jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.  

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 20:32, 29.10.2018.
O'qildi: 1794 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик