Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Chap oyog‘ining bir qismidan ayrilgan sobiq basketbolchi 42 kilomertlik masofani bosib o‘tdi

Chap oyog‘ining bir qismidan ayrilgan sobiq basketbolchi 42 kilomertlik masofani bosib o‘tdi

Baho:
+ | -

Belgiya – 2016 yilning mart oyida Belgiya poytaxti Bryusseldagi aeroportda sodir bo‘lgan portlash oqibatida Sebastyan Bellen chap oyog‘ining bir qismidan ayrildi va shu oyog‘idagi sezgi butunlay yo‘qoldi. Ikki yarim yil oldin u yugurish tugul, hatto yura olishiga ham ishonmasdi. Endi esa sobiq basketbolchi shahar marafonida ishtirok etish arafasida.

“Men reabilitasiya markazida ikki yarim yil kutgan muhim payt keldi, – deydi u "Euronews"ga bergan intervyusida. – Bu mening eng katta maqsadlarimdan biri. Endi faqat bir narsadan xavotirdaman: bu yuklamani ko‘tara olrmikanman” Sebastyan start oldidan so‘nggi mashqlarni bajarmoqda. Bir necha daqiqalardan so‘ng u minglab sportchilar orasiga singib ketdi. Biroz vaqtdan so‘ng shahar markazi orqali o‘tkaziladigan yugurish bahslariga start berildi.

– Sebastyan masofaning bir qismini bosib o‘tdi, – deya sharhlaydi Euronews jurnalisti Deymon Embling. – Ammo 42 kilometrlik marafon uning uchun ham jismoniy, ham ruhiy tomondan ulkan sinov. Yugurish yo‘nalishi ham oson emas, unda bir necha qiyaliklar mavjud. Taxminan besh yarim soatlardan so‘ng Sebastyan finish chizig‘ini yuragi to‘lib, o‘z hayratini yashirolmay kesib o‘tdi.

– Ajoyib, endi ushbu punktda mening nomim ostiga ham belgi qo‘yiladi. Bilasizmi, shifoxona krovatida o‘tgan ikki yarim yil davomida men mana shunday ishni uddalay olishim haqida o‘ylamagan ham edim.

– Bosib o‘tilgan masofa uzoq tuyuldimi?

– Ha, bu haqiqiy sarguzasht bo‘ldi.

Manba: www.turon24.com
Kiritildi: 22:56, 29.10.2018.
O'qildi: 2933 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.