Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

«Ishqibozlarga qanday tushuntiramiz?» yoxud O‘zPFLning «tug‘ilish» tarixi

«Ishqibozlarga qanday tushuntiramiz?» yoxud O‘zPFLning «tug‘ilish» tarixi

Baho:
+ | -

Internet saytlaridan birida e’lon qilingan so‘rovni ko‘rib, O‘zbekiston PFLga asos solingan kun yodimga tushdi.

Bu voqea 2008 yilning bahorida sodir bo‘lgandi. OFK qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasi hisoblanadigan Chempionlar Ligasiga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirgan, shu munosabat bilan maxsus komissiya tuzgandi. Ushbu komissiya vakillari ishtirokchilikka nomzod mamlakatlarga tashrif buyurib, kuzatuvlar natijasiga ko‘ra o‘z tavsiyalarini tayyorlashgandi.

O‘sha yilning aprel oyida O‘zbekiston futbol federasiyasiga OFKdan xat keldi va unda bizning klublar Chempionlar Ligasiga qo‘yilmasligi aytildi: maxsus komissiya 6 yoki 7 xil talab bo‘yicha nomuvofiqlik borligini aniqlagandi.

Ushbu maktubni olgach, biz O‘FF (hozirgi O‘FA) bosh kotibi Sardor Rahmatullayev hamda musobaqalar o‘tkazish bo‘limi raisi Muxtor Hoshimov bilan birgalikda O‘FFning o‘sha paytdagi prezidenti Mirabror Usmonovga mavjud vaziyat bo‘yicha murojaat etdik. OFK qo‘ygan talablarning deyarli barchasini osongina hal qilish mumkin edi. Misol uchun, musobaqalar reglamentiga “zayavka”dagi futbolchilarning minimal soni bo‘yicha talab kiritilishi lozim edi. PFL tuzilishi bo‘yicha qo‘yilgan talab esa eng jiddiysi bo‘lgandi. Muammo shunda ediki, Mirabror Usmonovning o‘zi mustaqil struktura tuzilishiga qat’iy qarshi chiqqandi.

- Ularga yozinglar, biz liga tuzmaymiz, - deya buyurgandi u.

- Lekin u holda biz Chempionlar Ligasida qatnasha olmaymiz, - deya e’tiroz bildirgandik biz.

- Unda bizga Chempionlar Ligasi kerak emas, - deya javob bergandi M.Usmonov.

- Buni ishqibozlarga qanday tushuntiramiz? – so‘zimizda turib oldik biz.

Aynan shu savol Mirabror Usmonovning fikrini o‘zgartirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

- U holda PFL tuzinglar.

Natijada tezkor ravishda PFL Nizomi tayyorlanib, 2008 yilning iyunida Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. O‘shandayoq PFLning ta’sis konferensiyasi chaqirilib, yangi tashkilotning “tug‘ilishi” qonuniylashtirilgandi.

Yozda mazkur voqeaga 10 yil to‘ldi, ammo u nafaqat futbol jamoatchiligi, balki tashkilotning ham e’tiboridan chetda qoldi. Ehtimol, u yerdagilar tashkilotning tug‘ilgan kuni qaysi sanaga to‘g‘ri kelishidan bexabardirlar?

Alisher NIKIMBAYEV

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 23:13, 29.10.2018.
O'qildi: 2820 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик