Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Sharof Muhitdinov: «Biz uchun endi orqaga yo‘l yo‘q»

Sharof Muhitdinov: «Biz uchun endi orqaga yo‘l yo‘q»

Baho:
+ | -

"Nasaf" futbol maktabidan yetishib chiqib, hozirgi paytda “ajdarlar” sharafini munosib himoya qilib kelayotgan o‘yinchilar talaygina. Shular qatorida yarim himoyachimiz Sharof Muhitdinov ham bor. Borgan sari uning o‘yinlari chiroyli va mazmunli bo‘layotganini, futbol ishqibozlari ham e’tirof etishmoqda. "Nasaf" klubi matbuot xizmati futbolchidan ertaga, “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishni so‘radi.

"Ertaga bizni qiziqarli o‘yin kutib turibdi, har doimgidek ushbu o‘yinga ham puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoadoshlarimni kayfiyati juda zo‘r. Keyingi uchrashuvlarda g‘alabalarimiz bilan muxlislarimizni xursand qilayotganimizdan mamnunmiz. “Qo‘qon-1912” jamoasi keyingi uchrashuvlarda muvaffaqiyat qozona olmayotgan bo‘lsada, bu jamoa o‘z o‘yini bilan har qanday jamoaga qarshi kuchli o‘yin ko‘rsata oladigan kuchga ega. Jamoa tarkibida yetarli tajribaga ega futbolchilar jamlangan. Jamodoshlariga nisbatan yoshroq bo‘lsada, Javohir Siddiqovning ko‘rsatayotgan o‘yinlarini alohida ta’kidlagan bo‘lar edim.

Biz uchun esa endi orqaga yo‘l yo‘q. Qolgan uchrashuvlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, g‘alabalarimizni aziz muxlislarimizga tuhfa etish niyatidamiz. Jamoadoshlarimning barchasi ana shu kayfiyatda.

O‘tgan turdagi golim haqida? Albatta, o‘z goling bilan jamoang yutug‘iga hissa qo‘shish juda yoqimli. Ammo men uchun qanday holatda gol urishni farqi yo‘q. Muhimi to‘g‘ri kelib qolsa,  gol bo‘lsa bo‘ldi. Ba’zan o‘yinda hujumlarimiz golga aylanmay qoladi. Shuni hisobga olib, murabbiyimiz raqib darvozasiga uzoqdan zarba yo‘llab turishim haqida, o‘yindan oldin ko‘rsatma beradi. Buni uddalasam o‘zim ham xursand bo‘laman. Bizda asosan jamoaviy o‘yinga katta e’tibor beriladi. Maydonda hamma birdek harakat qilishi talab etiladi. Shundan kelib chiqib, o‘yindagi urilgan gol hammamizniki deb, hisoblayman.

Ertaga ob-havo yaxshi bo‘lib, muxlislarimiz stadionga ko‘proq kelishsa deyman, muxlislarimiz qancha ko‘p bo‘lishsa bu – bizga shuncha zavq beradi", - deydi Sharof Muhitdinov.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:02, 31.10.2018.
O'qildi: 3022 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик