Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Ro‘ziqul Berdiyev: «G‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsata olmadik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «G‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsata olmadik»

Baho:
+ | -

Bugungi “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” (1:1) uchrashuvi nihoyasiga yetgach, mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Beridev ham o‘yin haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsata olmadik. Yaratilgan vaziyatlardan ham to‘liq foydalana olmadik. Agar yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olganimizda, bugun g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Shuningdek, Odil Hamrobekovni jarohat olib, maydonni erta tark etishi ham o‘yinimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Endi “Qo‘qon-1912” jamoasiga keladigan bo‘lsam, raqibimiz jiddiy jamoa edi. Tarkibida tajribali futbolchilar ham iqtidorli yosh futbolchilar ham yetarli. Albatta mehmonlar hisobni tenglashtirgach, saqlab qolish payida bo‘lishdi. Bunga erishdi ham. Ikkinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida o‘zlari ham hujumga o‘tishmadi, bizga ham hujum qilish qilishga yo‘l bermadi. Himoyada ham bexato o‘ynashdi.  

Biz ikki kundan so‘ng “Neftchi” bilan o‘ynaymiz, bu o‘yin ham biz uchun oson bo‘lmaydi. Bugungi o‘yinni tezda unutib, navbatdagi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga majburmiz. Endi oddiy o‘yin ham, oson o‘yin ham qolmadi. Jamoalarning turnir jadvalidagi holatiga qarab baho berish noto‘g‘ri bo‘ladi. Har bir raqibni jiddiy qabul qilish kerak.

Azizjon G‘aniyev! To‘g‘risi Azizjonni o‘zini ham, o‘yinini ham hammamiz sog‘indik, u noyabr o‘rtalarida Yaponiyadan qaytib keladi. Uning yordami bizga juda kerak bo‘layapti. Kelgandan keyin ko‘ramiz, balki bizga so‘nggi o‘yinlarimizda yordam berar", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:11, 01.11.2018.
O'qildi: 2966 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик