Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Nodir Eliboyev: «Mendez boshlagan yo‘ldan og‘ishmasligimiz kerak»

Nodir Eliboyev: «Mendez boshlagan yo‘ldan og‘ishmasligimiz kerak»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tkazilgan xalqaro turnirda ishtirok etib qaytdi. «Thailand Five» deb nomlangan musobaqada biz va mezbonlardan tashqari Angliya hamda Malayziya termalari ham ishtirok etdi. Taqqoslash uchun, inglizlar jamoasi har qancha jarangli eshitilganiga qaramay, jahon futzal reytingida 49-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston 28, Malayziya 58, Tailand esa 18-pog‘onadan joy olgan. Bahodir Ahmedov shogirdlari bittadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat bilan 4 ochko jamg‘argan holda «Thailand Five» turnirida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Malayziya mag‘lub (5:0) etildi. Angliya bilan durang (1:1) o‘ynadik. Tailandga yirik 3:6 hisobida yutqazib qo‘ydik. Biz musobaqa yakunida futzal jamoamiz katta murabbiyi Nodir Eliboyevdan intervyu oldik.

- Nodir, ushbu musobaqa va uning saviyasi haqida nima deya olasiz? Taassurotlar qanday bo‘ldi?

- Tailandda futzalga berilayotgan e’tiborning amaliy ifodasini aynan mana shu turnirda ko‘rish mumkin. Musobaqa juda yuqori saviyada o‘tkazildi. Tashkilotchilik a’lo darajada bo‘ldi.

- Hozirda Tailand termasiga ustozlik qilayotgan Xose Mariya Mendezga rahmat aytish kerak. Ispaniyalik mutaxassisning tavsiyasi bilan bizni turnirga taklif etishgan. Pulpis (futzalchilarimiz Mendezni shu nom bilan chaqirishardi) bilan gaplashdingizmi?

- Albatta. Biz futzalimizning bugungi kuni haqida suhbatlashdik. Deyarli har kuni ko‘rishib, gaplashdik. Raqib jamoa murabbiyi sifatida ishlayotgan bo‘lsa-da, maslahatlarini ayamadi. Keyin o‘zining Tailanddagi faoliyati haqida gapirib berdi. U o‘ta tajribali, o‘zi ishining haqiqiy ustasi.

- Yevropa jamoalari bilan kamdan-kam o‘ynaymiz. Shu ma’noda, Angliya termasi qanday taassurot qoldirdi?

- Aslida, o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlarda Yevropa jamoalari bilan kuch sinashib turamiz. To‘g‘ri, so‘nggi paytlarda termamiz ishtirokidagi uchrashuvlar biroz kamaygandek ko‘rinyapti. Angliya reytingda bizdan pastroqda joylashgan bo‘lsada, bu jamoaga kuchsiz raqib sifatida qarash kerak emas. Shaxsan menda inglizlar iliq taassurot qoldirishdi. Jismoniy tayyorgarligi yaxshi, futzalchilari individual jihatdan kuchli ekan.

- O‘yin uslubi Osiyo jamoalarinikidan farq qiladimi?

- Albatta. Asosan jismoniy tomondan tafovut bor. Katta futbolda ham xuddi shunday-ku! Malayziya termasi futzalchilarining jismoniy holati yaxshi bo‘lmagani uchun ham yirik hisoblarda yutqazishdi.

- Angliya bilan durang adolatli hisob bo‘ldimi?

- Yo‘q. Biz ulardan ustunroq edik. Afsuski, o‘yin davomida yuzaga keltirilgan xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Aks holda, yirik hisobda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi.

- Tailandga yirik hisobda yutqazdik. Oltita gol o‘tkazib yubordik. Bu o‘yin haqida nima deya olasiz?

- Mezbonlar bizning xatolardan maksimal darajada foydalanishdi. Biz esa xuddi Angliya bilan o‘yinda bo‘lgani kabi, vaziyatlarni ko‘kka sovurdik. Bahsning boshidagi xatolarimiz pand berdi. Qolgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishga urindik, lekin uddasidan chiqolmadik.

- Tailand termasi Mendez murabbiyligida avvalgidan kuchayganmi? Jamoaning o‘yinida o‘zgarish bormi?

- Albatta, o‘sgan. Aslida, bu musobaqada Tailand termasining 4-5 nafar yetakchi futzalchilari ishtirok etishmadi. Pulpis asosiy e’tiborni yoshlarga qaratibdi.

- Avvallari Eron asosiy raqibimiz bo‘lardi. Hozir Tailand, Yaponiya, Vyetnam kabi termalar ham bizdan ustunlikka erishyapti. Bu nima bilan bog‘liq? O‘sishdan to‘xtab qoldikmi? Futzalimizga e’tibor kamayganmi?

- Hozir hamma termalar yaxshi saviyada. Kuchli mutaxassislarni taklif etib, shu orqali o‘sishga erishyapti. Menimcha, boshqa jamoalarning bizga yetib olishi va ayrimlarining o‘zib ketishiga asosiy sabab shu bo‘lsa kerak. O‘z o‘rnida, biz ham rivojlanishdan to‘xtaganimiz yo‘q. Agar Xose Mariya Mendez boshlab bergan yo‘ldan og‘ishmasdan ishlasak, qit’a futzalidagi o‘rnimizni saqlab qolamiz.

- Ispaniyalik mutaxassisning O‘zbekistonga qaytish istagi yo‘qmikan?

- Bu mavzuda gaplashmadik. Qolaversa, hozir uning Tailand futbol federasiyasi bilan amaldagi shartnomasi bor.

- O‘zbekiston termasidagi avlodlar almashinuvi davri qanday ketyapti? Yoshlar jamoa o‘yiniga moslashishyaptimi?

- Bu jarayon juda yaxshi ketyapti, desam ham bo‘ladi. Negaki, bu ishni ancha oldin boshlagandik.

- Milliy chempionatimiz saviyasi biroz pasaygandek...

- Darhaqiqat, ichki chempionatimizdagi pasayish termamizga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Raqobat bor joyda o‘sish bo‘ladi. Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz.

- Chempionatimizning «uy-safar» tizimida o‘tkazilayotgani yaxshi bo‘ldimi? Yoki avvalgidek - hamma jamoalar bir joyda o‘ynasa ma’qulmi?

- Hozirgisi yaxshi. Avvalgi format terma murabbiylari uchun yaxshi edi. Chunki hamma klublar ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lardilar.

- Klublarning uy uchrashuvlarini o‘tkazuvchi zallar talabga javob beradimi?

- Afsuski, yo‘q!

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:57, 03.11.2018.
O'qildi: 2010 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.