Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Jahongir Mehmonov: "Navbahor" OCHLga tayyor"

Jahongir Mehmonov: "Navbahor" OCHLga tayyor"

Baho:
+ | -

"Lochinlar" chempionat boshlanganidan beri ajoyib o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Biz "Navbahor" klubi futbolchisi Jahongir Mehmonov bilan bog‘lanib faoliyati va chempionat bahslari haqida suhbatlashdik.

- Superliganing 28-turida Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi bahs olib bordinglar va durang natija qayd etdinglar. "Navbahor" anchadan beri safarda ochko ololmayotgandi. Bu murabbiyning taktikasi bilan bog‘liqmi?

- Albatta "Paxtakor" chempionatimizning eng kuchli jamoalaridan biri. "Sherlar"ga qarshi juda ham qiyin bo‘lgan uchrashuvni o‘tkazdik. Safarda durang natija qayd etish yomon natija emas. Bunda murabbiyning hissasi katta. O‘zimizga kerakli bo‘lgan 1 ochkoni olishga muvaffaq bo‘ldik. "Paxtakor"dan ochko olishning o‘zi oson ish emas.

- Andrey Konchelskis qanday murabbiy ekan?

- Yangi bosh murabbiyimiz ajoyib inson ekan. Bizdan ko‘proq mehnat qilishimizni talab qiladi. Biz ham turnir jadvalida yaxshi o‘rinni egallash uchun bor kuchimiz bilan kurash olib boryapmiz.

- "Navbahor" OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi...

- To‘g‘ri, bizning asosiy maqsadimiz OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish va ushbu musobaqada munosib ishtirok etish. Biz muxlislarimizga OCHL musobaqasini sovg‘a qilmoqchimiz. Namanganlik futbol muxlislari xalqaro maydonlardagi uchrashuvlarimizni ko‘rishni istashmoqda.

- Konchelskis qanday murabbiylar sirasiga kiradi?

- Ushbu murabbiy ko‘proq hujumkor futbolni yoqtirar ekan. Bu inson futbolchilik paytida kuchli jamoalarda faoliyat olib borgan. Biz birinchi marotaba ushbu murabbiy bilan ishlayapmiz. Konchelskis hozircha futbolchilar bilan yaxshi munosabatda. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu inson Yevropa futboli havosidan bahra olgan. Biz ushbu insondan ko‘p narsani o‘rganishimiz kerak.

- Chempionat tugashiga ham bir nechta tur qoldi. "Navbahor" jamoasi oldida qiyin uchrashuvlar bor. Ushbu o‘yinlarga qay darajada tayyorgarlik ko‘ryapsizlar?

- Superliga bahslarida har bir o‘yin juda ham qiyin o‘tmoqda. Osonlik bilan mag‘lub etadigan jamoaning o‘zi yo‘q. Chempionatda o‘tkazgan o‘yinlarimizning barchasi biz uchun qiyin bo‘lgan. G‘alaba qozonganimizda ham o‘sha g‘alabalarni osonlik bilan qo‘lga kiritmaganmiz. Barchasi qiyinchilik bilan qo‘lga kiritilgan. Har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun tinmay mehnat qilamiz.

- "Navbahor" jamoasi OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa ushbu turnirga tayyormisizlar?

- OCHL musobaqasi Osiyo miqyosida nufuzli musobaqa hisoblanadi. Biz ushbu turnirda ishtirok etish uchun chempionat avvalidan tinmay mehnat qilib kelmoqdamiz. Biz barchasiga tayyormiz.

- Chempionat avvalida stadionlarga muxlislar tashrif buyurishayotgan edi. Mavsum so‘ngiga kelib muxlislar tashrifi sezilarli darajada pastladi. Bunga nima sabab bo‘lishi mumkin?

- To‘g‘ri aytdingiz, chempionat avvalida stadionga ko‘proq muxlislar tashrif buyurishayotgan edi. Hozir kun qisqargani uchun va o‘yinlar erta boshlanayotgani uchun muxlislarning stadionga kelishi biroz pasaygan bo‘lishi mumkin. Superliga bahslari bo‘layotgan vaqtda ba’zi muxlislar ishda bo‘lishadi ayrim muxlislar esa kun sovuqligi sababli stadionga kelishni o‘zlariga ep ko‘rishadi. Lekin "Navbahor" muxlislari ob-havoning farqi yo‘q. Muxlislarimiz doim biz bilan birga. Biz bir jamoamiz.


Abdulloh suhbatlashdi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:49, 04.11.2018.
O'qildi: 3518 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.