Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina JCHda to‘rtinchi natijani qayd etdi

Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina JCHda to‘rtinchi natijani qayd etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qatar – 25 oktyabrdan 3 noyabrgacha Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chempionatida bir necha xalqaro musobaqalar g‘olibasi o‘zbekistonlik 43 yoshli Oksana Chusovitina ishtirok etdi.

Jahon gimnastikasi afsonasi tayanib sakrash mashqlarida 14 300 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinni band etdi. Birinchi o‘rin 15 366 ochko jamg‘argan Simona Baylzga (AQSH), ikkinchi o‘rin 14 516 ochkoga ega bo‘lgan Shellon Olsenga (Kanada), uchinchi o‘rin esa 14 508 ochko to‘plagan Aleksa Morenoga (Meksika) nasib qildi.

Jahon chempionatida dunyoning 76 mamlakatidan 542 nafar sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa 7 nafar sportchi bilan qatnashdi.

Manba: www.turon24.com
Kiritildi: 10:45, 05.11.2018.
O'qildi: 2247 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.