Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) 11 metrli jarima zarbasi tepish qoidasiga o‘zgartirish kiritmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, tepilgan penaltini darvozabon qaytarsa yoki to‘p ustun/to‘singa tegib qaytsa, jarima zarbasi tepayotgan jamoa futbolchilarining to‘pga o‘ynashi taqiqlanishi mumkin. Agar yangi qoida kuchga kirsa, golga aylanmagan 11 metrli jarima zarbasi (darvozabon qaytarsa yoki to‘p ustun/to‘singa tegib qaytsa)dan keyin himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin zarba belgilanadi.