Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bugun Toshkentda sport tibbiyoti muammo va istiqbollariga bag‘ishlangan konferensiya boshlanadi

Bugun Toshkentda sport tibbiyoti muammo va istiqbollariga bag‘ishlangan konferensiya boshlanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

8-9 noyabr kunlari Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan, Milliy Olimpiya qo‘mitasi ko‘magida poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasida “Sport tibbiyotining dolzarb muammo va rivojlanish istiqbollari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Ushbu anjumanda nafaqat mamlakatimizda shu sohada faoliyat yuritayotgan shifokorlar, shuningdek, Yaponiya, Turkiya, Rossiya hamda MDH davlatlari sport tibbiyoti mutaxassislari ham ishtirok etadi.

Ta’kidlash kerakki, davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, u orqali sportchilarimizning Osiyo va jahon miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash, jumladan, sport tibbiyotining ilg‘or yutuqlarini o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Anjumanni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – sport tibbiyotidagi yutuq va muammolar, musobaqalar jarayonida sportchilarning jarohat olmasligini ta’minlashda tibbiyot xodimlari rolini oshirish, bo‘g‘imlar shikastlanishini oldini olish, davolash va tibbiy tiklash muammolari, sport tibbiyotida realibitasiya va fizioterapiyaning o‘rni kabi mavzularga e’tibor qaratiladi.

Konferensiyada turli mavzularda yetakchi sport tibbiyoti shifokorlari o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qiladilar. Konferensiyaning birinchi kuni 8 noyabr Toshkentda o‘tkazilsa, 9 noyabrda Samarqand shahrida davom ettiriladi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekistonda ilk marotaba bunday miqyosida tashkil etilayotgan ushbu konferensiya mamlakatimizda sport tibbiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 01:30, 08.11.2018.
O'qildi: 1691 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.