Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Kutilmagan holat! Ruslan Nuriddinov dast ko‘tarishni muvaffaqiyatsiz yakunladi

Kutilmagan holat! Ruslan Nuriddinov dast ko‘tarishni muvaffaqiyatsiz yakunladi

Baho:
+ | -

Turkmaniston poytaxti Ashxobot shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida bugun erkaklar 109 kg. vazn toifasida bahslarda ishtirok etishmoqda. "A" guruhi vakillari dast ko‘tarish bo‘yicha o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi.

Jahon va olimpiada chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi — Ruslan Nuriddinov, afsuski, dast ko‘tarishdagi urinishlarini muvaffaqiyatli bajara olmadi. Ruslan avvaldan ilk urinishga 185 kg. buyurtma bergandi. Ammo musobaqa davomida buyurtma 2 kg.ga oshirildi. Nuriddinov shtangani ko‘tardi, ammo hakamlarning ikki nafari urinishni inobatga olmadi.

Bu holat vatandoshimizga ruhiy jihatdan salbiy ta’sir ko‘rsatdi shekilli, u ikkinchi va uchinchi urinishlarda 189 kg.li toshni ko‘tara olmadi. Shu tariqa, Ruslan Nuriddinov dast ko‘tarishda medalsiz qoldi. Tabiiyki, u ikki urinish bo‘yicha ham medalga ega chiqmaydi.

O‘zbekistonlik sportchi endi siltab ko‘tarishda muvaffqiyatga erishishga urinib ko‘radi. U dastlabki urinishga 225 kg.ga buyurtma bergan.

Dast ko‘tarishda xitoylik Yang Je 196 kg. bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin armanistonlik Simon Martirosyanga nasib etgan bo‘lsa (195 kg.), bronza medali rossiyalik Rodion Bochkovga taqdim etiladi.

Biroz keyin siltab ko‘tarish mashqlari boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:29, 09.11.2018.
O'qildi: 8091 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик